
"Tottenxem" qimmatbaho futbolchi sotib olmoqchi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Avvalroq xabar qilinganidek, italiyalik mutaxassis klub transfer bozorida katta sarmoya kiritsa, londonliklar bilan kelishuv imzolaydi. Chunki uning fikricha, “shporlar” chempionlik uchun kurashish uchun yanada kuchayishi kerak. Konteni xursand qilish uchun "Tottenxem" "Inter"dan Lautaro Martinesni sotib olishi mumkin. Bu haqda "Inter Live" nashri xabar bermoqda.
Antonio Konte Lautaro Martinesni juda yaxshi biladi, chunki oldin "Inter"da ishlagan. Argentinalik futbolchi "shporlar"ning hujumiga rang-baranglik qo‘shadigan futbolchi sifatida ko‘rilmoqda.
"Transfermarkt" portali 25 yoshli Lautaro Martinesni 75 million evroga baholamoqda.
Fikrlar