
Totti bir gap bilan qizni komadan chiqardi (foto)
“Latsio” ayollar jamoasining 19 yoshli futbolchisi Ilenia Matilli o‘tgan yili dekabrda avtohalokatga uchrab, komaga tushib qolgandi. Ilenia garchi “Latsio”da to‘p sursa-da, Rimning boshqa jamoasi “Roma”ning ashaddiy muxlisi edi.
Voqeadan xabar topgan “Roma” afsonasi Franchesko Totti bir necha oy muqaddam qizga ovozli murojaatnoma yozdi. Totti “Ilania, taslim bo‘lma, bu sening qo‘lingdan keladi, biz sen bilan”, - dedi. Shifokorlar Tottining ovozi yozilgan murojaatini qiz yotgan xonada kuniga bir necha marotaba eshittirishdi. Natijada, Ilenianing ahvolida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi va u komadan chiqdi.
Totti qizni borib ko‘rishni ham unutmadi.
- Franchesko – bag‘rikeng inson ekan. U men bilan o‘z akasidek gaplashdi, - dedi qizning otasi.
Totti futbolchi qizga salomatlik tilab, shifoxonadan chiqishi bilan uning oldiga yana kelib, uchrashishga va’da berdi.
Fikrlar