Totti: "Men ham shunday qilgan bo‘lardim!"
"Roma" afsonasi Franchesko Totti PSJ hujumchisi Kilian Mbappening "Real"ga o‘tmay, PSJda qolgani borasida fikr bildirdi.
"Mbappe to‘g‘ri qaror qildi. Men ham uning o‘rnida bo‘lganimda, shunday qilgan bo‘lardim. Vaqtida shunday qilganman ham.
Men Kilian uchun xursandman. Chunki u qalbi bilan qaror chiqardi.
U Parijda o‘sgan. "Real"dek klubdan voz kechish oson emas. Men Rimda qolish uchun yigirma yil oldin shu yo‘lni tanlagan edim.
Qaerdan ekaningizni unutmaslik muhim. U parijlik edi va PSJ uchun hurmatini izhor etdi. Bu tahsinga sazovor", - dedi "Rim imperatori".



Fikrlar