Traore "Barselona"ga qaytishga tayyor

  • 23 iyun, 2021, 11:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxempton"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Adama Traore "Barselona"ga qaytishga tayyorligini bildirdi.

Tecno

"Barselona" – mening uyim. Men u erda ulg‘aydim va 10 yil vaqtimni o‘tkazdim. Asosiy masala, men "Barselona"ga qaytgach, qanday vazifani bajarishimi aniqlab olishda", - dedi Traore RAC1 nashriga bergan intervyusida.

25 yoshli Traore "Barselona" klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Vulverxempton"da 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

U o‘tgan mavsum "Vulverxempton" safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning APL klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!