
Triatlon. Vakilimiz Osiyo ochiq kubogida sovrindor bo‘ldi
Xitoyning Usi shahrida triatlon bo‘yicha Osiyo ochiq kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jeremi Kuindos sovrindorlar qatoridan joy oldi.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, Olimpiya masofalarida kechgan bahsda hamyurtimiz uchinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Oltin - Feliks Dushampt (Ruminiya)
Kumush - Denis Kolobrodov (Neytral sportchi)
Bronza - Jeremi Kuindos (O‘zbekiston)
Fikrlar