Triatlonchilarimiz Markaziy Osiyo chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Mazkur musobaqa Xalqaro triatlon ittifoqi (ITU) va Osiyo triatlon konfederatsiyasi (ASTC) shafeligida o‘tkazildi. Issiqko‘l qirg‘og‘ida o‘tgan mazkur nufuzli musobalarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ukraina, Mo‘g‘uliston, Gonkong, Suriya, Yaponiya, Tayvan, Qatar va Qirg‘iziston kabi 14 mamlakatidan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Markaziy Osiyo chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi sprint masofasida (0,75 km suzish, 20 km velopoyga va 5 km yugurish) sportchilarimiz murabbiy Viktor Zarodov boshchiligida terma jamoamizga ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning "Junior Mento" yo‘nalishida qatnashgan hamyurtimiz Aleksandr Reshetnikov 1 soat 1 daqiqa 20 soniya natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ekaterina Ryazanova "Junior Women" toifasida 1 soat 13 daqiqa 32 soniya natija bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Mazkur yo‘nalishda ishtirok etgan Latofat Sodiqova 1 soat 13 daqiqa 44 soniya natija bilan kumush medal sohibasiga aylandi.

photo_2019-07-10_15-39-05

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!