“Tsementchi” o‘z uyida “Xorazm”ni faqat yirik hisobda mag‘lub etgan. Prevyu

  • 3 aprel, 2017, 12:13
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston birinchiligining 2-turidan o‘rin olgan ”Tsementchi” – “Xorazm” uchrashuvi 4 aprel sanasida Quvasoyda “Tsementchi” markaziy o‘yingoxida bo‘lib o‘tadi. “Tsementchi” shu kuni Urganchning “Xorazm” jamoasini qabul qiladi. “Tsementchi” matbout kotibi ushbu bahs oldidan “Xorazm” jamoasi xakida ma’lumotlarni taqdim etdi.  

“Xorazm” jamoasi boshqaruvni ushbu mavsumdan boshlab yangi bosh murabbiy Aleksandr Ejov o‘z qo‘liga oldi. Ushbu murabbiy mavsum avvalidan jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytira olishga erishdi. Tarkibga bir qator futbolchilarni jalb qildi. Xususan, “Tsementchi” jamoasining nukuslik xujumchisi Nurlibek Talasbaevni, o‘tgan mavsum “Olmaliq”da xarakatlangan tajribali ximoyachi Aybek Nurboevni va yana bir qator etakchi futbolchilar bilan jamoa tarkibini kuchaytirib oldi, deyish mumkin.

O‘tgan mavsumda “Xorazm” 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta g‘alaba, 6 ta durrang va 14 bor mag‘lubiyatga uchragan. Raqiblar darvozalariga 56 ta to‘p kiritib o‘z darvozalaridan 50 ta gol o‘tkazib yuborishgan. To‘plar farqi +6. Mavsum yakuniga ko‘ra “Xorazm” 42 ochko to‘plab, turnir jadvalini 7-pog‘onada yakunlagan.

“Tsementchi” shu kungacha “Xorazm” jamoasi bilan o‘zaro rasmiy o‘yinlarda 4- marotaba ro‘baro kelgan.

O‘tkazilgan 4 ta uchrashuvda “Tsementchi”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 1 ta uchrashuvda urganchliklar g‘alaba qozonishgan.

2015 yil 17 may.            

Xorazm – Tsementchi 1-0

2015 yil 10 sentyabr      

Tsementchi- Xorazm 4-0

2016 yil 5- iyun 13-tur      

Xorazm – Tsementchi 1-2

Gollar- Erbol Seytnazarov, Raxmatillo Meliboev 2 ta

2016 yil 12 noyabr 23-tur

Tsementchi- Xorazm 5-0

Gollar: Davron Mamatov (30), Jamshid Qobulov (33), Raxmatillo Meliboev (47), Elyor Mamasoliev (51), Otabek Axmadjonov (76)

Xakamlar: D.Pislegin (Toshkent), I.Nosirov (Namangan), E.Tursunov (Namangan)

Inspektor: I.Raximov (Andijon)

Demak, 4 aprel seshanba kuni markaziy “Tsementchi” stadionida 2-tur uchrashuvlari doirasida “Tsementchi” - “Xorazm” uchrashuvi 15:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!