TsSKA futbolchisini Italiya klubiga sotmadi

  • 5 fevral, 15:06
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning TsSKA rahbariyati markaziy himoyachi Villian Roshani "Verona"ga sotmadi. Bu haqda "Sport Baza" xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Italiya jamoasi 30 yoshli braziliyalikni TsSKAdan 500 ming evroga ijaraga olishga harakat qilgan, shuningdek, mavsum oxirida futbolchining 70 foizlik huquqini 2,9 million evroga sotib olishga tayyor bo‘lgan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, TsSKA bu taklifga rad javob bergan va o‘z himoyachisini jamoadan ketishiga rozi bo‘lmagan.

Joriy mavsumda Rosha barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Roshaning TsSKA bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchini 6 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!