
TsSKA o‘z uyida "Krilya Sovetov" bilan durang o‘ynadi, Fayzullaevdan assist (video)
Rossiya premer ligasining 8-turidan o‘rin olgan TsSKA va "Krilya Sovetov" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Abbosbek Fayzullaev ushbu bellashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va ikkinchi taym boshida maydonga tushirildi. Hamyurtimiz Moskva klubi safida ilk foydali harakatini amalga oshirdi. U sherigi Chalovning goliga assistentlik qildi.
Shu tariqa, moskvaliklar o‘z uyida durangga imzo chekdi.
Fikrlar