
Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshehir" mavsumni durang bilan boshladi. Shomurodov chempionatdagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi
Turkiya Superligasining birinchi turidan o‘rin olgan "Istanbul Bashakshehir" - "Kayserispor" klublari ishtirokidagi bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab to‘qnashuvning 41-daqiqasida Ivan Brnich hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu golda hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘zining sa’y-harakatlari bilan ishtirok etdi. Ikkinchi bo‘limning 68-daqiqasiga kelib esa "Kayserispor" futbolchisi Migel Kardozu hisobni tenglashtirdi. Mazkur vaziyatdan so‘ng "Bashakshehir" murabbiyi Shomurodov va yana 2 ta o‘zgarish qilib, futbolchimizni zaxira o‘rindig‘iga oldi.
Ma’lumot o‘rnida, istanbulliklar ushbu o‘yindagi 1 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum

Istanbul Bashakshehir
- Ivan Brnic 41'
Tugadi
1
:
1
17.08.2025 23:30

Kayserispor
- Miguel Cardoso 68'
Fikrlar