
Turkiya Superligasi. "Karagyumruk"da mag‘lubiyat, Shukurov jamoasi "xavfli hudud"da qolmoqda
Turkiya Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Adana Demispor" - "Fotih Karagyumruk" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.
Adanaliklar tarkibida Emre Akbaba dubl qayd etdi, bunga mehmonlar legioneri Fabio Borini bir marotaba javob qaytardi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Otabek Shukurov 75-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa, "Adana Demispor" ochkolari sonini 27 taga etkazib oldi. 17-pog‘onadagi "Karagyumruk" 13 ochko jamg‘argan.
Fikrlar