
"Turon" murabbiyi "Lokomotiv" bilan durangdan keyin nimalar dedi?
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Turon" – "Lokomotiv" o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Murodbek Ismoilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Barchangizni Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. Dastlabki daqiqalarda futbolchilarim aytilgan barcha ishni amalga oshirdi. Tezkor javob golini o‘tkazib yuborganimizdan keyin vaziyat tenglashdi. "Lokomotiv" yaxshi shakllangan jamoa.
Kasminin? Bunday vaziyat boshqa futbolchilarda ham bo‘lishi mumkin edi. G‘alaba qozonishga yaqin edik, biroq bir kishi kam bo‘lib qolganimiz pand berdi. Muxlislarimizni dastlabki ochko bilan tabriklayman.
Futbolchilar bunday mas’ulyatli o‘yinlarda bosim ostida qoladi. Bir futbolchiga aybni to‘nkab qo‘ymoqchi emasman. To‘g‘ri, mahoratli futbolchilar bunday vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Jamoada tartib intizom joyida. Har bir o‘yin biz uchun xayot-mamot. Futbolchilarga ataylab sariq kartochka olinglar demaymiz. O‘yinning darajasi futbolchilarimizga ta’sir qilyapti.
Doniyor Ismoilov kerakli vaqtda "Andijon"dan qaytarib olinishi mumkin. U o‘yin amaliyoti kerakligi sababli ijaraga berildi. Koreyalik futbolchimizda jarohat bor edi, shu sababli o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Ko‘plab futbolchilarimiz bugun jarohatlar bilan o‘ynadi", -deya murabbiy so‘zlarini keltirmoqda SPORTS.uz nashri muxbiri.
Fikrlar