
Tuxel "Real" tarbiyalanuvchisiga imkon berishi mumkin
"Pari Sen-Jermen" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel ispaniyalik hujumchi Xese Rodrigesni yana asosiy jamoaga qaytarmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis mutaxassisi jamoada koronavirus tarqalishi munosabati bilan shunday qaror qabul qilishi mumkin. Hozir PSJ safida Neymar, Anxel Di Mariya, Leandro Paredes, Markinos, Mauro Ikardi, Keylor Navas va Killian Mbappeda Covid-19 aniqlangan.
27 yoshli Xese asli "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U PSJ safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Parijliklar o‘tgan 4 yil mobaynida uni "Las-Palmas", "Stok Siti", "Betis" va "Sporting" kabi jamoalarga ijaraga berib yuborishdi.
Fikrlar