Tuxel unutib qo‘ygan futbolchi maydonga qaytmoqda
Football London nashri jurnalisti Adam Nyuson “Chelsi”ning amerikalik yarim himoyachisi Kristian Pulishich kelasi hafta jamoaning Kobxemdagi bazasida umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi haqida xabar tarqatdi.
Anchadan beri jarohatini davolash bilan ovora bo‘lgan yarim himoyachi nazardan chetda qolib ketdi. “Chelsi” matbuot xizmati Pulishichning ahvoli, tiklanish jarayoni qanday kechayotgani va qachon safga qaytishi haqida ma’lumot bergani yo‘q.
Nyusonning ma’lum qilishicha, Kristan Pulishich umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgani bilan hali beri rasmiy uchrashuvlarda qatnasha olmaydi. Yarim himoyachi buning uchun sport formasini ham tiklab olishi kerak.
Pulishichga to‘liq o‘yin o‘tkazishga tayyor bo‘lish uchun yana kamida ikki hafta muddat kerak bo‘ladi.



Fikrlar