Tyago Silva: Yosh bu hujjatdagi raqam xolos

  • 22 sentabr, 2020, 23:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

36 yoshli “Chelsi” himoyachisi Tyago Silva yoshi uning faoliyatida muammo tug‘dirmasligini aytdi.

“Jismoniy jihatdan o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Yosh bu hujjatdagi raqam xolos. Ammo men jismonan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rganman, meni tanigan odamlar o‘z ishimga qanday yondashishimni biladi.

Oldin menda Premer-ligada o‘ynash istagi yo‘q edi, chunki butun o‘yin uzoq paslar, to‘pni qabul qilishlar va kuchli zarbalarga asoslangan edi. Men o‘zimni bu erda tasavvur qila olmasdim. Vaqt o‘tishi bilan chempionat jadal rivojlanib borayotganini, bu erda texnikaga tayangan o‘yinchilar juda ko‘pligini payqay boshladim. Bu ligada ko‘p jamoalar to‘pga egalik qilishga harakat qiladi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Silva shu yoz PSJdan “Chelsi”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!