U ishonchni oqladi. PSJ Kinni sotib olmoqchi

  • 4 yanvar, 2021, 18:50
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJ ijara asosida harakat qilayotgan hujumchi Moyze Kinni to‘liq sotib olmoqchi. Uning transfer huquqi "Everton"ga tegishli hisoblanadi. 

"Sky Sports" nashrining xabariga ko‘ra, parijliklar forvard uchun 35 million evro to‘lashga tayyor. O‘tgan yili "Everton" Kinni "Yuve"dan 27,5 million evroga xarid qilgan edi. 

Italiyalik hujumchi joriy mavsum PSJ safida 20ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!