Bobur Abduxoliqov: "Men uchun qaysi jamoaga gol urishning farqi yo‘q"

  • 29.04.2026 03:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Nasaf” uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi. Ushbu bahsda so‘nggi daqiqalarda gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Bobur Abduxoliqov o‘yin haqida fikr bildirdi.

“Assalomu alaykum, hozirgi kunda O‘zbekistonning eng yaxshi klubiga qarshi o‘ynadik. Hisob haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchi golni o‘zimizning xatomiz sabab o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda xarakter ko‘rsatib gol urdik, lekin yana shunday xatoga yo‘l qo‘yib, ikkinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Shunga qaramasdan jamoa oxirigacha xarakter ko‘rsatdi.

Penalti haqida gapiradigan bo‘lsam, uni ko‘rmadim, shuning uchun bu haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman. Umuman olganda, o‘z xatolarimiz sabab ko‘p gol o‘tkazib yubordik va bu xatolar ustida ishlaymiz.

O‘yindan oldin Ro‘ziqul Berdiev bilan suhbatlashganimizda u menga motivatsiya berdi va bu menga qo‘shimcha kuch berdi.

Men uchun qaysi jamoaga gol urishning farqi yo‘q. Hujumchi uchun gol urish muhim. Bu mavsumda yanada samarali bo‘lishga harakat qilyapman. Har bir o‘yin bir xil kechmaydi — ba‘zisida gol uraman, ba‘zisida esa yo‘q.

Ikkinchi bo‘limda murabbiyimiz tomonidan o‘zgarishlar kiritildi, biz ko‘proq hujumga otdik, pressingni kuchaytirdik va shuning evaziga gol urib, o‘yinni qutqarib qoldik.

Birinchisiga kelsak, biz birinchi bo‘limda ham yuqori pressingda o‘ynadik, lekin u kutilgan natijani bermadi. Baribir bu “Paxtakor”ga qarshi o‘yin edi, shuni hisobga olish kerak.”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!