
U "Milan"ga kerak emas!
Xorvatiyalik yarim himoyachi Mario Manjukich mavsum yakunida "Milan"ni tark etadi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” rahbariyati 34 yoshli futbolchi bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma esa yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Manjukich "Milan" safiga shu yilning yanvar oyida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta gol ura olmadi.
Mario faoliyati davomida "Volfsburg", "Bavariya", "Atletiko" va "Yuventus" kabi jamoalarda o‘ynagan. U “Milan”ga o‘tishidan oldin Qatarning “Al-Garafa” klubi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar