
U20 Osiyo kubogi. O‘zbekistonning guruh bosqichidagi o‘yinlari taqvimi bilan tanishing!
Xabaringiz bor, 6-23 fevral kunlari Xitoyda U20 Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz guruh bosqichida Yaman, Indoneziya va Eron bilan bahs olib boradi.
Guruh bosqichi o‘yinlari taqvimi bilan tanishing.
13 fevral; 14:15
O‘ZBEKISTON - Yaman
16 fevral; 16:30
Indoneziya - O‘ZBEKISTON
19 fevral; 16:30
O‘ZBEKISTON - Eron.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa Chilida bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘taydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025-yilgi yoshlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar