
UEFA Chempionlar ligasining yarim final bosqichini yangi formatda o‘tkazmoqchi
UEFA Chempionlar ligasi pley-offining formatini 2024 yildan boshlab o‘zgartirishni o‘ylamoqda.
The New York Times nashrining yozishicha, tashkilot yarim final bosqichini bitta o‘yindan iborat qilmoqchi. Yarim final ham, final ham bir hafta davomida bitta shaharda o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, o‘yinlar kuni turli xil ko‘ngilochar tadbirlar - kontsertlar, futbol afsonalari ishtirokidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.
UEFA yarim finaldagi o‘yinlar sonining qisqarishi katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelmaydi degan xulosaga kelgan.
Hozirda Chempionlar ligasida yarim final uchrashuvlari uy-safar tizimida, ya’ni 2 ta o‘yindan iborat.
Fikrlar