UEFA ertaga "Milan"ni evrokuboklardan chetlatilganini rasman e’lon qilishi mumkin

  • 18 iyun, 2019, 23:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA ertaga, ya’ni 19 iyun kuni "Milan" klubining 2019/20 yilgi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etmasligi haqida rasman e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Milan News nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, “rossonerilar” moliyaviy feyr-pley qoidasini buzganliklari uchun bir mavsum evrokuboklardan mahrum etilish borasidagi UEFAning jazosini qabul qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” o‘tgan mavsumdayoq evrokuboklardan chetlatilishi mumkin edi. Biroq, o‘shanda ular xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilib ushbu jazoni bekor qildirishga erishishgan edi.

Ma’lumot uchun, endi “Milan”ning o‘rniga Evropa ligasida A Seriyada 7-o‘rinni egallagan “Torino” ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!