
UEFA “Evro-2024”ning eng zo‘r futbolchilaridan jamoa tuzdi
Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatining bosh tashkilotchisi – UEFA musobaqada yorqin o‘yin ko‘rsatgan charm to‘p ustalaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.
Unga quyidagi futbolchilar kiritildi:
Darvozabon:
Mayk Menyan (Frantsiya).
Himoyachilar:
Kayl Uolker (Angliya), Vilyam Saliba (Frantsiya), Manuel Akandji (Shveytsariya), Mark Kukurelya (Ispaniya).
Yarim himoyachilar:
Rodri, Daniel Olmo, Fabian Ruis (barchasi Ispaniya).
Hujumchilar:
Lamin Yamal, Niko Uilyams ( ikkisi ham Ispaniya), Jamol Musiala (Germaniya).
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida to‘rtinchi marotaba Evropa chempionligiga sazovor bo‘ldi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Fikrlar