
UEFA Neymarni 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi
UEFA tartib-intizom qo‘mitasi PSJ forvardi Neymarni "Manchester Yunayted"ga (1:3) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL 1/8 final bahsida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli braziliyalik futbolchi 6 mart kungi o‘yindan so‘ng o‘zining instagramdagi sahifasida uchrashuv referisini haqorat qilgan edi.
Endi u UEFA Chempionlar ligasining yangi 2019/20 yilgi mavsum guruh bosqichining 3ta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar