UEFA. O‘tgan mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi aniqlandi
Hozirda UEFA Chempionlar ligasi yangi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash va o‘tgan mavsumning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Erkaklar o‘rtasida mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi sovrini "Chelsi" futbolchisi Ngolo Kantega taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Kante o‘tgan mavsumda "ko‘klar" bilan Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida g‘olib bo‘ldi.



Fikrlar