UEFA Rossiyaga umid bag‘ishladi...

  • 23 iyun, 2023, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Rossiya jamoalarining Evropa futboliga qaytishiga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqining konferentsiyasida ishtirok etgan UEFA prezidentining milliy assotsiatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Yozef Kliment ma’lum qildi.

“Moskvadagi konferentsiyangizda yana sizlar bilan uchrashganimdan xursandman. Sizga UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin va butun assotsiatsiyaning eng ezgu tilaklarini etkazmoqchiman.

UEFA 55 ta assotsiatsiyani birlashtiradi, bizning vazifamiz teng rivojlanishdir. Biz futbolni rivojlantiramiz, lekin uni himoya qilishimiz ham kerak. Bir bo‘lsak, barcha to‘siqlarni engib o‘tishimiz mumkin. Bunga yaqqol misol – pandemiya.

Endi oldimizda yana bir, juda jiddiy muammo turibdi. UEFA bu qiyinchiliklarni ham engib o‘tishiga ishonamiz. Tez orada nafaqat rasmiylar, balki futbolchilar ham uchrashadilar. Biz Rossiya jamoalari va klublariga Evropa jamoalari bilan raqobatlashishga ruxsat berilishiga ishonamiz”, — dedi Kliment.

Ayni damda Rossiya klublari va jamoalari UEFA tomonidan ittifoq shafeligidagi musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!