
UEFA Superligaga javob zarbasi tayyorlamoqda
UEFA Superligaga javob zarbasini berishga tayyorlanmoqda. Ma’lumki, Evropaning o‘n ikkita eng yaxshi klublari ko‘proq pul ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hozirgi tizimdan ajralib chiqdi. Ular Angliya, Italiya va Ispaniya klublaridir.
RMC Sport veb-saytida xabar qilinishcha, UEFA Britaniyaning investitsiya fondi bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular boshlang‘ich byudjeti 4,5 milliard evroni tashkil etadigan, ammo 7 milliardgacha o‘sishi mumkin bo‘lgan yangi Chempionlar ligasi loyihasini muhokama qilishmoqda.
Shuningdek, UEFA Superligani qo‘llab-quvvatlamagan ba’zi klublar, xususan, "Bavariya" va PSJ bilan ham ushbu rejani muhokama qilmoqda.
Taqqoslash uchun, yangi tashkil etilgan Evropa Superligasiga JP Morgan banki 4,6 milliard funt sarmoya kiritadi.
Fikrlar