UEFAdan yana bir muhim xabar!
Evropa futbol ittifoqi - UEFA iyun oyida terma jamoalar ishtirokida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan barcha o‘yinlarni bekor qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, hozircha ushbu o‘yinlarning yangi sanasi ma’lum emas. Evropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat iziga tushgach, bu borada ma’lum qilinishi aytilmoqda.
Qayd etish lozimki, UEFA koronavirus pandemiyasining avj olishi tufayli “Evro-2020”ni ham kelgusi yilga qoldirishga majbur bo‘lgan edi.

Fikrlar