
UFC 294 turniri uchun yangilangan poster e’lon qilindi!
Kutilmagan o‘zgarishlardan so‘ng UFC 294 turniri uchun yangilangan poster taqdim etildi.
Mazkur musobaqa 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Kechaning "co main eventi"da o‘rta vazn toifasi vakillari Kamaru Usman (20-3) hamda Hamzat Chimaev (12-0) oktagonga chiqadi.
Markaziy to‘qnashuv engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev (24-1) va da’vogar Aleksandr Volkanovski (26-2) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar