
UFC Abu-Dabida super jang uyushtirmoqchi edi, ammo...
UFC prezidenti Dana Uayt va Liga vitse-prezidenti Shon Shelbi vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi UFC jangchilari reytingining sobiq etakchisi, yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni nigeriyalik Kamaru Usmon va UFC’ning eng yaxshi jangchisi qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov o‘rtasida jang tashkil etishni rejalashtirgan edi. Bu haqda "UFC Empire" serialining birinchi qismida ma’lum bo‘ldi.
Usmon va Rahmonov o‘rtasidagi jang 3 avgust kuni Abu-Dabida (BAA) bo‘lib o‘tadigan UFC on ABC 7 turnirining asosiy jangi bo‘lishi kerak edi. Biroq, Usmonning menejeri Ali Abdel-Azizning aytishicha, uning shogirdi faqat Stiven Tompson bilan jang qilishdan manfaatdor bo‘lgan. Bundan tashqari, Uayt ushbu juftlik g‘olibi yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni unvoniga navbatdagi davogar bo‘lishi mumkinligini ham aytgan.
Fikrlar