
UFC ning to‘rt yulduzi "ESPYS" mukofoti uchun kurashmoqda!
Rossiyalik Islom Maxachev va gruziyalik Merab Dvalishvili nufuzli "ESPYS" mukofoti uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi.
Yilning eng yaxshi UFC jangchisi bo‘lish uchun nomzodlar:
Merab Dvalishvili;
Kayla Xarrison;
Islom Maxachev;
Drikus dyu Plessi.
Ma’lumot uchun, "ESPYS" - Amerikaning ABC va ESPN teleradiokompaniyalari tomonidan topshiriladigan mukofot bo‘lib, atletga sportdagi individual, jamoaviy va boshqa yutuqlarini e’tirof etish uchun taqdim etiladi.
Fikrlar