
UFC ning yana bir kamari chechenistonga ketishi mumkin
UFC matbuot xizmati 2025 yil 16 avgust kuni AQShning Chikago shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 319" turniridagi asosiy jangni rasman e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘rta vazn toifasida amaldagi chempion janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi (23-2) mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan chechenistonlik Xamzat Chimaev(14-0)ga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi jangida Chimaev birinchi raundda Robert Uittakerni mag‘lub etgan bo‘lsa, Drikusga kelsak, u avvalgi jangini 2025 yilning fevral oyida o‘tkazgan va ushbu vazn toifasida yana bir sobiq chempion Shon Striklendga qarshi yakdil qaror bilan g‘alaba qozongan.
Fikrlar