"UFC Pound-for-Pound" reytingida yana bir kuchli jangchi paydo bo‘ldi

  • 20 avgust, 11:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

17 avgust kuni bo‘lib o‘tgan "UFC 319" turniridan so‘ng "UFC Pound-for-Pound" reytingida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

Tecno

Drikus dyu Plessini mag‘lub etib, o‘rta vaznda UFC chempioniga aylangan Xamzat Chimaev 10 pog‘ona yuqorilab, 4-o‘ringa joylashdi. Janubiy afrikalik MMA ustasi esa 11-o‘ringa tushib ketdi.

Yana bir e’tiborli jihat shuki, P4P reytingiga qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov ham kelib qo‘shildi va 15-o‘rindan joy oldi.

Ma’lumot uchun, navbatdagi UFC turniri 23 avgust kuni Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkaziladi. Prelim kard O‘zbekiston vaqti bilan 12:00, asosiy kard esa  15:00 da start olishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!