UFC rahbari Dana Uayt yana bir katta yangilikni e’lon qildi

  • 15.01.2026 01:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC rahbari Dana Uayt "UFC Apex" rasm an "Meta" kompaniyasi bilan 5 yillik shartnoma tuzib, nomini oʻzgartirganini eʼlon qildi.

"META Apex" keyingi 5 yil davomida Zuffa Boxing, UFC BJJ va DWCS turnirlarini qabul qiladi. Xabarlarga koʻra:

- Bu arenaning chiptalari birinchi marta keng omma uchun sotuvga chiqariladi.

- Qayta taʼmirlash doirasida yangi birinchi darajali xonalar va mehmonlarni qabul qilish uchun zonalar yaratildi, shuningdek binoga kirish va vestibyul yangilandi, u yerda chipta kassasi joylashgan.

- Taʼmirdan soʻng zal 1 000 tomoshabinni sigʻdira oladi, butun loyiha joriy yil oxirida yakunlanishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, rus manbalari "Meta" kompaniyasini ekstremistik tashkilot deya topilgani va Rossiyada faoliyat yuritishi taqiqlanganini qoʻshimcha qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!