UFC sobiq chempioni faoliyatini tugatmoqchi
UFC sobiq chempioni Lyuk Rokxold professional karerasini yakunlash niyatida ekanini aytdi.
"Men 40 yoshdaman. Ortiq zarbalarni qabul qila olmayman. Balki endi faoliyatimni yakunlash vaqti kelgandir. Menda isbotlaydigan hech narsa qolmadi. Bu sportda ko‘p narsaga erishdim. Chempion bo‘ldim. Karate Combat, boks va jiu-jitsuda eng yuqori darajada ishtirok etdim. Eng kuchlilar bilan raqobatlasha oldim", — dedi Rokxold Ariel Xelvaning podkastida.
Ma’lumot uchun, Lyuk Rokxold 2007 yilda professional MMA da debyut qilgan. Uning rekordida — 16 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat mavjud.

Fikrlar