Uimbldon: Simona Xalep birinchi setda g‘olib bo‘ldi

  • 13 iyul, 2019, 18:44
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Angliyaning London shahrida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" musobaqasining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarining final uchrashuvi o‘tkazilmoqda.

Unda ruminiyalik Simona Xalep va amerikalik Serena Uilyams bosh sovrin uchun o‘zaro kuch sinashmoqda. Hozirgina ular o‘rtasidagi uchrashuvda birinchi set yakunlandi.

26 daqiqa davom etgan o‘yinda Simona tajribali raqibini 6:2 hisobida engdi. Ayni damda ikkinchi setga start berildi. Mazkur o‘yin natijasi bilan Sports.uz internet portali orqali birinchilardan bo‘lib tanishasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!