Ulug‘bek Baqoev nima uchun hakamlarga ko‘p e’tiroz bildirdi

  • 25 oktabr, 2020, 11:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 20-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Bu haqda "Navbahor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Bugun ikkita teng kuchli jamoalar o‘zaro o‘ynadi. Birinchi bo‘limda bir nechta vaziyatlar yaratdik, amma raqib posboni yaxshi harakat qildi. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yin esa biroz pala-partish tarzda kechdi. Har ikki jamoa a’zolari ham hujumlar uyushtirdi. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Uchrashuv davomida hakamlarga ko‘p e’tiroz bildirdingiz. O‘yinda bahsli vaziyat ham bo‘ldi. Bugungi hakamlikka qanday baho berasiz?

- O‘sha vaziyatda biz o‘zgarishni amalga oshirishga tayyor edik. Biroq Nasimovning zaxiradan maydonga tushishi 5 daqiqaga cho‘zilib ketdi. Tushunishimcha, elektron tablo ishlamay qolgandi. Qahramonovning vaziyatida esa, u qadar keskin narsa bo‘ldi, deb o‘ylamayman.

- Milan Mitrovich so‘nggi o‘yinlarda ko‘rinmay qoldi...

- U koronavirus yuqtirib olgandi. Kasallikdan tuzaldi va keyingi bahsga tayyor bo‘ladi.

- Eshitishimizga qaraganda, Mitrovich Serbiyaga uchib ketgan ekan...

- Ha, u Serbiyaga uchib ketgandi. O‘sha erda kasallik aniqlandi va davolanib yurtimizga qaytib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!