Ulug‘bek Baqoev Norxonovga qanday tanbeh berdi?

  • 14 iyun, 2020, 21:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun amaldagi chempionga qarshi bahs olib bordik. Pandemiya bois o‘yin ritmini yo‘qotgan edik. Dastlabki 3 turda 1 ochko ishladik. Yigitlarga bugungi o‘yin uchun tashakkur izhor etaman, qiyin uchrashuvda g‘alaba qozondik. “Paxtakor”ga OChL bahslarida omad tilayman.

Norxonovga nima dedim? Muammo gol kirita olmaganida emas, shoshilganida. Bunday vaziyatlarda aslo shoshma-shosharlikka berilish kerak emas. Butun jamoa unga yordam berdi va Norxonov gol kiritib, g‘alaba keltirdi. O‘ylashimcha, o‘zining xatosini to‘g‘rilay olish insonning mahoratini ko‘rsatib beradi”, - dedi Baqoev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!