
Umarali Rahmonaliev muxlislar talqini bo‘yicha "Rubin" - "Orenburg" o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Rossiya Premer ligasi 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ikki legionerimiz harakat qilayotgan "Rubin" klubi tur bahsini o‘z maydonida o‘tkazib, "Orenburg" bilan durangga imzo chekdi. O‘yindan keyin qozonliklar sahifasida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazildi.
Quvonarlisi, unda Umarali Rahmonaliev 1137 ta ovoz bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Boshqacha aytganda, 28% kuzatuvchi legionerimizni eng yaxshi deb topdi.
Fikrlar