Umarali Rahmonaliev Ozarbayjon chempioniga aylandi!

  • 01.05.2026 00:34
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Sabah" klubida to‘p surayotgan Umarali Rahmonaliev Ozarbayjon chempionati g‘olibiga aylandi.

Ma'lum bo‘lishicha, jamoaning asosiy raqobatchisi “Qaraboğ” “Neftchi”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, chempionlik uchun kurashni barvaqt yakunladi.

Hozirda “Sabah” jamoasining ochkolari 72 tani tashkil etadi va ikkinchi o‘rindagi klubdan 13 ochko farq bilan oldinda bormoqda.

Ma'lumot uchun, “boyqushlar” navbatdagi uchrashuvni 3 may kuni “Shamaxi”ga qarshi o‘tkazadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!