
Umid Ahmadjonov: Babayan o‘yin qildi
Xabaringiz bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan garchi bir umrga futboldan chetlatilgan bo‘lsada, oradan hech qancha vaqt o‘tmay yana o‘zbek futboliga qaytdi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov esa SPORTS.uz muhbiri bilan suhbatda ushbu holatga quyidagicha fikr bildirdi.
- Babayanning yana futbolga qaytgani muxlislar orasida katta reaktsiya berdi...
- Ha, yaxshilikka yomonlik bo‘lib qoldi. Xorijga ketgani uchun mayli birovni rizqini qirqmaylik deb yaxshilik qilsak, u darrov boshqacha o‘yin qildi. Agarda Babayanni ozgina subuti bo‘lganida bu erga qaytib kelmasdi. Odamlar orasida esa turli gap-so‘zlar tarqalib ketdi. Muhtaram Prezidentimiz ham kechirimli bo‘lish kerakligi haqida aytyapti, biz ham shunday yo‘l tutgan holda kechirimli bo‘lgandik. Lekin men shu erda ekanman, uni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yaqinlashtirmayman.
Umid Ahmadjonov bilan uyushtirilgan to‘liq suhbatni quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin>>>
Fikrlar