Unay Emeri: "Gvardiola — murabbiylar olamining eng buyuk geniyi"

  • 17.05.2026 14:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Aston Villa” bosh murabbiyi Unay Emeri ispaniyalik mutaxassislar ishi haqida fikr bildirdi.

"Hozir ispaniyalik murabbiylarning darajasi nihoyatda yuqori. Luis Enrikenig darajasi hayratlanarli, ayniqsa PSJ kabi klubni boshqarish naqadar qiyinligini hisobga olsak. U ajoyib ish qilmoqda.

Pep allaqachon afsonaga aylangan. Mening fikrimcha, u murabbiylar olamining eng buyuk geniyi. Chunki u butun faoliyati davomida nimalarni ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir ham shu darajani saqlab kelmoqda.

So‘nggi yillarda Arteta ham o‘zini namoyon qildi — ham raqobatbardoshlik, ham bilim borasida. Men ushbu uchala mutaxassisdan ham juda ko‘p narsa o‘rgandim.

Iraola ham bir nechta ajoyib mavsum o‘tkazdi. Shuningdek, “Rayo”ni Konferensiyalar ligasi finaliga olib chiqqan Inyigo Peresni ham alohida ta’kidlash kerak. Bu favqulodda natija. Uning tajribasi va raqobat ruhi yaqqol ko‘rinib turibdi", — dedi Emeri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!