Uxandan “Paxtakor”gacha. Koronavirus sabab bekor qilingan sport tadbirlari (To‘liq ro‘yxat)
Hozirgi holatga ko‘ra 89 ming nafardan oshiq inson ushbu virusga chalingan bo‘lib, bulardan 3,057 nafari vafot etdi.
Avvaligi Xitoyda avj olgan virus, endilikda boshqa mamlakatlarda shiddat bilan tarqalib ketdi va jiddiy talofatlar etkazmoqda.
Bu esa bevosita xalqaro tadbirlar, sport musobaqalari taqvimiga keskin o‘zgartirish kiritishga sababchi bo‘ldi. Hozirgacha 40 dan oshiq sport tadbirlari bekor qilindi. Xatto bu virus sabab Yaponiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ham noma’lum muddatga qoldirilishi mumkin.
COVID-19 koronavirusi sabab qoldirilgan sport tadbirlari bilan quyida tanishib chiqamiz
1 mart
MotoGP: 8 mart kuni Qatardagi mavsumning ochilish poygasi koronavirus tufayli bekor qilindi.
Futbol: A Seriya 2 martga mo‘ljallangan "Sampdoriya" va "Verona" o‘rtasidagi uchrashuv ham Italiyada avj olganligi sababli qoldirildi.
29 fevral
Futbol: A Seriyaning beshta o‘yini, shu jumladan "Yuventus" - "Inter" bahsi, Italiyada virus tarqalganligi sabab keyinga qoldirildi.
Triatlon: 5-7 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Abu-Dabidagi Butunjahon Triatlon Seriyasining ochilish marosimi ehtiyot chorasi sifatida bekor qilindi.
28 fevral

Futbol: Osiyo Futbol Konfederatsiyasi OChL 3- va 4- turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlarni noma’lum muddatga qoldirildi. E’tiborli jihati, “Paxtakor”ning “Al Hilol”ga qarshi o‘yini ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan.
Sport kurashlari: 27-29 mart kunlari Bishkekda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan sport kurashlari bo‘yicha Tokio-2020 litsenzion musobaqasi qoldirildi. Sababi Qirg‘iziston ushbu turnirga mezbonlik qilishdan bosh tortgan.
27 fevral
Velosport: Ishchi xodimlarning koronavirus bilan kasallangani ortidan BAAda o‘tishi kerak bo‘lgan velotur bekor qilindi.
Tog‘ chang‘isi: Shveytsariyada har yili o‘tkaziladigan Engadin tog‘-chang‘i marafoni dunyodagi eng katta musobaqalaridan biri hisoblanadi. 14 ming nafar sportchi ishtirok etadigan ushbu bellashuvlar virus sabab qoldirildi.
26 fevral
Regbi: 7 mart kuni Italiya mezbonlik qiladigan Irlandiya – Italiya o‘rtasidagi regbi o‘yini sanasi noma’lum muddatga o‘zgartirildi.
Konkida yugurish: 13-15 mart kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan qisqa masofaga konkida yugurish bo‘yicha Jahon chempionati bekor qilindi.
25 fevral
Stol tennisi: Janubiy Koreyada 22-29 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan stol tennisi bo‘yicha Jahon chempionati iyunga ko‘chirildi.
Futbol: Yaponiya J-ligasining barcha uchrashuvlari mart oyining o‘rtalariga qadar to‘xtatildi.
Futbol: Italiya A Seriyasining beshta uchrashuvini yopiq eshiklar ortida o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Ot poygasi: Agar holat barqarorlashmasa kelgusi oy o‘tkazilishi reja qilingan Cheltenxem festivali ham bekor qilinadi.
24 fevral
Futbol: Korea K-ligasi yangi mavsumi starti keyinroqqa qoldirildi. Koreyaning to‘rt klubi OChLdagi uy o‘yinlarini yopiq eshiklar ortida o‘tkazadigan bo‘ldi.
23 fevral
Futbol: Italiyaning shimoliy Lombardiya va Veneto mintaqalarida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan A seriya uchrashuvlari noma’lum muddatga qoldirildi.

Regbi: Shotlandiya ayollar regbi jamoasining Italiyaga qarshi o‘yini bekor qilindi.
21 fevral
Futbol: Xitoyning JCh-2022 Saralash bosqichi Maldiv orollari hamda Guam terma jamoalariga qarshi o‘yinlari Tailandga ko‘chirildi. Agar holat barqarorlashsa, ushbu uchrashuvlar mart oyida yopiq eshiklar ortida o‘ynaladi.
20 fevral
Tennis: 13-19 aprel kunlari Xitoy mezbonlik qiladigan ayollar o‘rtasidagi Sian Ochiq chempionati bekor qilindi. Katta ehtimol bilan ushbu musobaqa mavsumning ikkinchi yarmida o‘tkazilishi mumkin.
18 fevral
Tennis: Xitoy Devis kubogini erta tark etdi. Chunki xitoyliklar mart oyining boshida bo‘lib o‘tadigan pley-off o‘yini uchun Ruminiyaga bora olmaydilar.
Plyaj voleyboli: 22-26 aprel kunlari Yangjou shahrida bo‘lib o‘tadigan plyaj voleyboli turniri Tokio-2020 Olimpiadasidan keyinga qoldirildi.
MMA: MMA bo‘yicha Osiyo chempionati tashkilotchilarining ta’kidlashicha, 29 fevral kuni Singapurda rejalashtirilgan tadbir yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi.
17 fevral

Og‘ir atletika: Mart oyida bo‘lib o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati Qozog‘istondan qo‘shni O‘zbekistonga ko‘chirildi.
15 fevral
Gimnastika: Xitoy jamoasi Melburnda bo‘lib o‘tgan gimnastika bo‘yicha Jahon kubogidan chiqib ketdi.
14 fevral
Golf: Aprelda bo‘ladigan Evropa Turining Maybank chempionati va Volvo musobaqasi qoldirildi.
Basketbol: FIBA Osiyo kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan Yaponiya - Xitoy, Filippin - Tailand va Xitoy - Malayziya basketbol uchrashuvlarining barchasi qoldirildi.
13 fevral
Regbi: Butunjahon regbi seriyasining Singapur va Gonkongda o‘tadigan o‘yinlari apreldan oktyabrga ko‘chirildi.
12 fevral
Golf: Xitoy golf seriyasining ikkita saralash turnirini ikki oyga kechiktirildi va mavsumiy turnirlarning soni 14 dan 10 gacha qisqartirildi.
Formula 1: 19 aprel kuni Shanxayda bo‘lib o‘tadigan Xitoy Gran-prisi tashkilotchilar tomonidan bekor qilindi. Agar vaziyat yaxshilansa, Tashkiliy qo‘mita keyinroq alternativ sanalarni ko‘rib chiqadi.
11 fevral
Futbol: Osiyo Futbol Konfederatsiyasi sharqiy mintaqadagi OFK kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlarni aprel oyiga ko‘chirdi.

9 fevral
Golf: 20-23 fevral kunlari Tailandning Pattaya shahri mezbonlik qiladigan Honda turniri hamda Singapurda 27 fevral kuni boshlanishi rejalashtirilgan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati noma’lum muddatga qoldirildi.
8 fevral
Gimnastika: Tailandda 12-15 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi reja qilingan gimnastika bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani chempionati oktyabr oyiga ko‘chirildi.
7 fevral
Xokkey: 14-martdan 25-martga qadar Chjenchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Xitoy va Avstraliya o‘rtasidagi Xokkey Pro-liga o‘yinlari qoldirildi.

Futbol: Vetnam hukumati mamlakatdagi barcha xalqaro sport musobaqalarini bekor qildi. Shu sababli mahalliy Xoshimin va Kuangnin klublarining OFK kubogidagi uy uchrashuvlari safar o‘yinlariga almashtirildi.
4 fevral
Futbol: Xitoyning “Guanchjou Evergrand”, “Shanxay Shenxua” va “Shanxay SIPG” klublari ishtirokidagi OChL o‘yinlari aprel oyiga qadar ko‘chirildi.
2 fevral
Motorsport: 21 mart kuni Xitoyda o‘tadigan Formula E motorli poyga seriyasi umuman o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
1 fevral
Badminton: 25 fevral kuni boshlanishi rejalashtirilgan Xaynan shahrida bo‘lib o‘tadigan "China Masters" musobaqasi bir nechta badmintonchilarning ishtirok etishdan bosh tortishi sabab bekor qilindi.
31 yanvar
Golf: Mart oyida Xaynan orolida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi "Blu-Bey" golf musobaqasi qoldirildi.
30 yanvar
Futbol: Xitoy futbol assotsiatsiyasi ichki chempionatlardagi barcha uchrashuvlarini keyinroqqa qoldirishga qaror qildi.
29 yanvar
Futbol: Xitoy ayollar terma jamoasining Janubiy Koreyaga qarshi Tokio-2022 saralash bahsidan o‘rin olgan uy uchrashuvi Sidneyga ko‘chirildi.

Engil atletika: 13-15 mart kunlari Nankinda o‘tkazilishi rejalashtirilgan engil atletika bo‘yicha Jahon chempionati 2021 yilga ko‘chirildi.
27 yanvar
Basketbol: 6-9 fevral kunlari Xitoyning Foshan shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ayollar o‘rtasidagi basketbol bo‘yicha Olimpiada saralash turniri Serbiyaning Belgrad shahriga ko‘chirildi.
26 yanvar
Tennis: Xalqaro tennis federatsiyasi Fed kubogi doirasida Xitoy, Tayvan, Indoneziya, Janubiy Koreya va O‘zbekistondan iborat Osiyo - Okeaniya I-guruhi bellashuvlarini Xitoyning Dunganidan Qozog‘istonning poytaxtiga ko‘chirdi. Biroq Qozog‘iston tomoni mezbonlikdan voz kechgach, turnir Dubayga ko‘chirildi.
22 yanvar
Boks: Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Uxandagi boks bo‘yicha Olimpiya saralash bahslarini bekor qiladi. Endi saralash turniri Iordaniyaning Amman shahrida 3-11 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar