
Uzoq kutilgan tayinlov! "Navbahor" yangi murabbiyni tanishtirdi
Namanganning "Navbahor" klubini endilikda Sergey Lushchan boshqaradi. Ushbu tayinlovni "lochinlar" o‘z telegram sahifasida e’lon qildi.
Tajribali mutaxassis bunga qadar O‘zbekiston–U-19 terma jamoasi (2014 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2014-2017 yillar), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2018 yil), “Dinamo” (Samarqand, 2020 yil), bundan tashqari, Belarusning “Shaxtyor” (Soligorsk, 2021-2022 yillar), “Shaxtyor” (Petrikov, 2023 yil) jamoalarida ishlagan.
Qayd etish lozim, Namangan klubi ketma-ket salbiy natijalar tufayli Samvel Babayanni o‘z lavozimidan ozod etgandi.
Fikrlar