UzPFL "Surxon"ning Superliga logotipini o‘zgartirish bo‘yicha taklifiga qiziq javob berdi

  • 1 iyul, 16:40
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Superliganing 14-turida OKMK o‘z uyida "Surxon"ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagona gol 58-daqiqada Asilbek Jumaev tomonidan kiritildi. Eng qiziqarli tomoni shundaki, mazkur golga Dmitriy Pletnyov "rabona" pasi orqali assistentlik qildi. 
 
Ushbu bellashuvdan so‘ng "Surxon"ning media matbuoti UzPFLga logotipni o‘zgartirish bo‘yicha taklif posti bilan murojaat qildi. 


 
Bir necha daqiqa oldin UzPFL ham Superliga klubiga ajoyib javob berdi: 
 
"Superliganing logotipi haqidagi taklif e’tiborga loyiq. Biz har doim yangilik va zamonaviylik tarafdorimiz. 

Ammo kichkina bir shart bilan: Surxon chempion bo‘lsa — logotip yangilanadi!  
 
Dizaynerlar tayyor turibdi. Endi navbat sizga — maydonga chiqing, kubokni oling, biz esa rebrending amalga oshiramiz!"
- deb javob berildi.

Eslatib o‘tamiz, "Surxon" klubi turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Nasaf"dan 15 ochko ortda bormoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
01/07/2025 21:43
Бу аёл кишини фигурасику ёки фигурная катания раккосими