Vadim Abramov: "Bu muammolardan chiqib ketish yo‘llarini yaxshi bilaman"

  • 16 noyabr, 00:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Dinamo” - “Andijon” (2:0) bahsidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov qatnashdi.

Tecno

- Doimgidek, mavsum tugayotganda o‘yinlar qiyin o‘tadi. Ikkinchi golni urganimizdan so‘ng biroz xotirjamlikka berildik. Raqibga imkoniyatni berib qo‘ydik. Ularni ham bir qator kuchli jihatlari bor. Darvozamiz tomonda ko‘p burchak zarbalari amalga oshirildi. O‘yinni tashlab qo‘yganimizdan keyin raqibga imkoniyatni boy berdik va bir qator xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Biz albatta muxlislarimiz uchun o‘ynaymiz. O‘yinni yanada ko‘proq nazorat qilishimiz kerak.

- Birinchi bo‘limdan keyin Ulug‘bek Hoshimovni almashtirdingiz. Uning o‘yini haqida nima deya olasiz?

- Jarohatidan qaytganidan so‘ng birinchi o‘yini edi. Bilamizki, asta-sekin tiklanib boradi. Shu sababli uni almashtirdik.

- Bu “Dinamo”dagi 101-o‘yiningiz bo‘ldi va muxlislar sizni g‘alaba bilan tabriklashdi.

- To‘g‘risi, men bu haqida bilmasdim. Statistika bilan shug‘ullanmayman. Albatta, bu ancha yoqimli va buning uchun hammaga rahmat. Xursandman. Shu bilan birga yigitlarga mehnati uchun katta rahmat. Ayniqsa, yubiley uchrashuv doim qiyin o‘tadi.

- Bir qator o‘yinchilarga etakchi jamoalardan takliflar bo‘layotganini eshityapmiz. Masalan, Ratinoni ketishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar bor.

- Gapingiz to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Chunki o‘yinchilarimizga boshqa jamoalardan takliflar bo‘layotgandir. Bizni vazifamiz ularni saqlab qolish. Ko‘ramiz, harakat qilamiz, hammasini vaqt ko‘rsatadi. Hozirdan biror nima deyish qiyin. Chindan futbolchilarga takliflar bo‘lyapti.

- Oxirgi ikkita o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormaslik kerak...

- Oldindan nima bo‘lishi hech kim bilmaydi. Nima bo‘lishini bilsang, oldindan rejalaringni yozib berar eding. Albatta, jiddiy yondashamiz. Mavsum tugayapti, jamoamiz yuqori o‘rinda ketyapti. Bu imkoniyatdan foydalanish kerak. Yigitlarni ham to‘g‘ri tushunaman. Mavsum tugab boryapti, muxlislarimizni ranjitishni xohlamaymiz. Doim bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz, ular uchun o‘ynaymiz. Bu futbol, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

- Marko Stanoevichni bugungi o‘yini haqida nima deysiz?

- Albatta, tarkibda bir qator yo‘qotishlar bor. Betoblanganlar ko‘payib ketdi. “Qo‘qon-1912” bilan o‘yingacha yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Biz Markoga rahmat aytishimiz kerak. Jamoaga ko‘p yordami tegyapti. Aqlli futbolchi. Biz undan yana ko‘p narsa kutyapmiz. Kuchli tomonlarini bilamiz va u bilan rejalarimiz bor.

- Jamoa 6 ta o‘yindan 5 tasida g‘alaba qozondi. Tarkibda yo‘qotishlar ham bor. Qolganlarni qanday ruhlantiryapsiz?

- Bu borada menda katta tajriba bor. Qaysi jamoalar bilan ishlagan bo‘lsam, bunday muammolar bo‘lgan. Bu muammolardan chiqib ketish yo‘llarini yaxshi bilaman. Bu tajriba bilan bog‘liq. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!