
Vadim Abramov: "Muammolarimiz etarli"
Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan AGMK – “Dinamo” (4:0) o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov jamoasidagi muammolar va kelasi mavsum uchun jamoaning rejalari haqida berilgan savollarga javob qaytardi.
“Qisqa qilib aytsak, yomon o‘ynayapmiz. Tarkib borasida muammolarimiz etarli. Qaydnomada faqat bir nafar markaziy himoyachimiz bor edi. O‘ng qanot himoyachimiz jarohat oldi. Keyingi o‘yinda umuman himoyachilarsiz o‘ynaymiz shekilli”.
“Chempionatni oxirigacha tugatib olaylik, keyin barcha masalalarni muhokama qilamiz. Rahbariyat bilan ma’lum kelishuvlar bor, ko‘ramiz”, - dedi Abramov.
Manba: O‘zPFL
Fikrlar