
Vadim Abramov termadagi kamchiliklar va o‘rtoqlik o‘yinlari haqida gapirdi
JCh-2022 saralash bosqichi “D” guruhi 6-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Falastin terma jamoalari o‘rtasidagi (2:0) o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi va bellashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlar 5 kun oldingi mag‘lubiyatni unutib, g‘alabaga erishdilar va buning uchun ularga rahmat aytaman. Haqiqiy professional maydonga tushib o‘z ishini qilish lozim. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, uchrashuv nazorati to‘liq biz tomonda bo‘ldi.
Gap shundaki, oxirgi daqiqalarda to‘pni nazorat qilish kerak va bu ishni maydonning raqibga tegishli qismida amalga oshirish lozim. Hozircha futbolchilar buni tushuna olmayapti. Bu ishni to‘g‘rilasa bo‘ladi va biz yig‘inlar davomida shunga harakat qilamiz.
Kelgusi yili mart oyida Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida. Saudiya Arabistoni Braziliya bilan, Janubiy Koreya Urugvay bilan o‘ynamoqda. Agar futbol rivojini istasak, kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishimiz lozim. Hozircha reja bor, ammo klublar manfaatiga zid ish qilmaslikka intilmoqdamiz. Arveladze bilan bu mavzuda gaplashib oldik. «Paxtakor» Chempionlar ligasida qancha uzoqqa borsa, o‘zbek futboli foydasiga bo‘ladi. Klublar yig‘inlari vaqtida biz ham BAAda bo‘lamiz va raqib topib, o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazamiz”, - dedi Abramov.
Fikrlar