Valeriy Karpin SPORTS.UZ sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi!

  • 18 iyun, 2022, 01:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Sports.uz sayti siz aziz o‘quvchilar uchun o‘ziga xos yangiliklarni taqdim etishda davom etadi.

Rossiya terma jamoasi hamda “Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin bilan eksklyuziv suhbat uyushtirish rejamiz avvaldan mavjud bo‘lib, faqat buni amalga oshirish biroz vaqt talab qilayotgandi.

Nihoyat, Valeriy Georgievich bizning taklifimizni qabul qilgan holda Sports.uz sayti uchun intervyu berishga rozilik bildirdi. Aytish joizki, Karpin ilk bor o‘zbek matbuoti bilan muloqotga kirishdi.

karpin2

Eldor Shomurodovni bugungi darajasiga chiqishida katta hissa qo‘shgan ushbu mutaxassis “Rostov” klubida hamyurtimizga qo‘rqmasdan ishonch bildirgan. Shuning evaziga Shomurodov Italiya A seriyasida to‘p suryapti. Murabbiy bilan esa bir qator mavzularda gaplashdik.

Tez orada Valeriy Karpin bilan uyushtirilgan suhbat hukmingizga havola etiladi. Bizdan uzoqlashmang! Zero, Sports.uz doim siz uchun eng yaxshilarini taqdim etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jovli
18/06/2022 07:47
Oʻzbek tilida chiqaringlar