Valverde: "El-klasiko" - yilning eng muhim o‘yini va ligada g‘alaba qozonish uchun so‘nggi imkoniyat"

  • 4 may, 20:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoaning so‘nggi o‘yinidan so‘ng fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, natija muhim, ammo o‘yin sifatida yanada o‘sish zarur.

Tecno

"Mbappe va Gyuler juda chiroyli gollar urdi va bizga g‘alabani olib keldi. Lekin bu bilan cheklanib qolish kerak emas. Eng muhimi — g‘alaba, lekin biz bundan-da yaxshiroq o‘ynashga intilishimiz shart.

Birinchi taym yaxshi o‘tdi, ammo ikkinchisini fojiaviy desa bo‘ladi. Bunday holatlar yana takrorlanmasligi kerak"

El-klasiko - yilning eng muhim o‘yini va ligada g‘alaba qozonish uchun so‘nggi imkoniyat" — deya ta’rif berib o‘tdi urugvaylik xavbek. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvini 11 may kuni Kataloniyaning "Barselona" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!