
Valverde: "Hozir ajoyib formada ekanman, o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga haqqim yo‘q"
"Real Madrid" yarim himoyachisi hisoblangan Federiko Valverde tig‘iz taqvim va o‘zining jismoniy holati haqida gapirdi.
— Jismoniy holating qanday?
"Men har doim o‘ynashni xohlayman, lekin jarohatlarning oldini olish uchun qachon dam olish kerakligini tushunishim lozim. Murabbiylar shtabi, shifokorlar va butun jamoa bilan o‘zaro hamkorligimiz juda samarali. Bugun o‘zimni ancha yaxshi va to‘liq tayyor his qilyapman – bu ularning yutug‘i.
Hozir men ajoyib formada ekanman, dam olish yoki o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga hojat yo‘q.
— O‘z odatiy pozitsiyangga qaytding, lekin butunlay holdan toygan ko‘rinding?
"Bir necha o‘yindan so‘ng yana o‘z pozitsiyamga qaytganimdan xursandman. Yakunda men har doim Anchelottining qarorlariga bo‘ysunishga tayyorman. Albatta, men yarim himoyada o‘ynashni afzal ko‘raman – u erda o‘zimni qulayroq his qilaman. Ochig‘i, markazga qaytgan o‘yinlarimdan zavq oldim. Muhimi, biz g‘alaba qozondik va eng asosiy narsa ham shu" - deya ta’rif berib o‘tdi urugvaylik xavbek.
Fikrlar